Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 63-umumta’lim maktabida tahsil oluvchi 2008-yilda tug‘ilgan 13 yoshli o‘quvchi qizning homilador ekani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, qizning homilasi 25 haftalik bo‘lgan. Samarqand shahar hokimligi va boshqa tashkilotlardan maktabga ishchi guruh kelib holatni o‘rganib, muhokama qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 13 yoshli homilador qiz bolani tug‘ishini aytib o’tgan.
Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari mazkur holat yuzasidan 26-noyabr kuni aniq ma’lumot berishini ta’kidlagan.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati rahbari bu holatdan xabari yo‘qligini, viloyat IIB axborot xizmati rahbari 26-noyabr kuni ushbu holatga aniqlik kiritishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 15 yoshli qiz otasi tomonidan homilador bo‘lib qolgani haqida xabar bergan edik.