Xushxabar! AYOQShlarda Ai-80 benzini narxi pasayadi

Toshkent shahri va viloyatlaridagi «Oʻzbekneftgaz»ga tegishli AYOQShlarda Ai-80 markali benzin 26 noyabr 21:30 dan boshlab 6890 soʻmdan sotiladi. Bu haqda «Oʻzbekneftgaz» xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, «Oʻzbekneftgaz» AJga tegishli AYOQShlarda soʻnggi kunlarda benzin taqchilligi kuzatilgani sababli ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy muhokamalar boʻldi.

Benzin taqchilligining oldini olish uchun «Oʻzbekneftgaz» AJ va «Tovar xom ashyo birjasi» AJ hamkorligida chora-tadbir ishlab chiqildi.

Natijada «Oʻzbekneftgaz» AJga qarashli AYOQShlarda bugun, 26 noyabr kunidan boshlab soat 21:30 dan buyon Ai-80 markadagi benzin 6890 soʻmdan sotuvga chiqariladigan boʻldi.

Respublika hududidagi «Oʻzbekneftgaz» AJning barcha AYOQShlarida benzin boʻlishi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.

Maʼlumotlarga koʻra, bugun «Oʻzbekneftgaz» AYOQShlarida Ai-80 benzin narxi 7390 soʻmni tashkil etayotgan edi.

Avvalroq, Qonunchilik palatasi depututi Rasul Kusherbayevning binzen narхi hamon pasaymagani haqidagi fikrlari taqdim etilgandi. Deputat, Kamiga Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi benzin boʻyicha cheklov oʻrnatibdi. Katta ehtimol bilan bu benzin taqchilligiga sabab boʻlmoqda. Yaʼni kunlik katta lotlarda 120 tonna va kichik lotlarda 10 tonna benzin cheklovi oʻrnatilgani sababli, Toshkent shahrining oʻzida kuniga 550-600 tonna benzin sotadigan «Oʻzbekneftgaz» zapravkalarida benzin yetmayotgani haqida aytib oʻtgandi.