Mushtlashuv oqibatida Turin politexnika universiteti talabasi vafot etdi

Internet tarmogida 18 yoshli talabaning vafoti togrisida xabar tarqaldi. Mazkur holat boyicha Toshkent shahar IIB rasmiy ma’lumot taqdim etdi.


25-noyabr kuni taxminan soat 13.00 da Turin politexnika universitetining darvozasi yonida bir nechta yosh yigitlar uchrashishgan. Kelishmovchilik natijasida 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (Turin politexnika universiteti talabasi) yuziga musht bilan urgan. Zarba natijasida Sh.R. yerga yiqilgan va yetgan shikastlar oqibatida hayotdan ko`z yumgan.


Mazkur fakt asosida Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi («Qasddan badanga ogir shikast yetkazish») boyicha jinoyat ishi qozgatildi. Gumonlanuvchi qolga olindi, tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.