Qoraqalpogʻistonda IIV Jazoni ijro etish departamentining uch nafar xodimi YTH sabab halok boʻldi. Bu haqda JIED Matbuot xizmati xabar berdi.
25 noyabrdan 26 noyabrga oʻtar kechasi, soat 00:10 larda IIV JIED mintaqaviy hudud 27-sonli manzil koloniyasi boshligʻining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari I.I. va 27-sonli manzil koloniyasi ishlab chiqarish korxonasi bosh muhandisi X.X. hamda hamda farmoyish asosida 46-son manzil koloniyasiga biriktirilgan mayor X.M.lar 2-son tergov hibsxonasiga videoselektor yigʻilishiga borishgan.
Yigʻilishdan soʻng, uyiga qaytishayotganida mayor I.I. boshqaruvidagi Cobalt Nukus-Qoʻngʻirot yoʻnalishidagi yoʻlda YTHga uchragan.
Natijada, mashina ichida boʻlgan mayor X.X. va M.X. voqea joyida, I.I. esa shifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 2021 yil 6 noyabr kuni Navoiy viloyatida Xalq bankining uch xodimi kechasi oʻtkazilgan yigʻilishdan qaytayotib YTHga uchrab vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ular bank filialiga qarashli xizmat mashinasida boʻlishgan. Ushbu avtohalokatda jami 8 kishi vafot etgan.
2021 yil 6 noyabr kuni Navoiy viloyat Xalq bankida yigʻilish oʻtkazilgan (Tahminan 10:00 da boshlangan yigʻilish 12:00 gacha davom etgan). Ushbu yigʻilishdan chiqib, marhum boshqaruvchi oʻz filialida soat 14:30 ga yigʻilish chaqiradi.
Viloyat filialidagi yigʻilishda asosiy masala muammoli kreditlarni (NPL) undirilishi boʻlgan. Viloyat filialidagi yigʻilishda Nurota filialidan uch kishi (Boshqaruvchi, Bosh hisobchi va boʻlim boshligʻi) ishtirok etgan. Xabar berishlaricha, Nurota filialida dam olish kunlari kamdan-kam dam olinadi.