Aholi orasidagi asosiy oʻlim sabablari maʼlum qilindi

Oʻzbekiston aholisi orasida asosiy oʻlim sabablari aniqlandi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarda keltirilgan.

2021 yilning yanvar–sentyabr oylarida 132,1 mingta oʻlim holati qayd etilgan boʻlib,
har 1000 aholiga nisabatan oʻlim koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etgan.

Mamlakat aholisi orasidagi oʻlim holatlariga asosan quyidagilar sabab boʻlgan:

  • qon aylanish tizimi kasalliklaridan — 61,9 foiz (81,8 ming kishi);
  • oʻsimtalardan (saraton kasalligi) — 7,9 foiz (10,4 ming kishi);
  • baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan — 5,2 foiz (8,2 ming kishi);
  • nafas olish aʼzolari kasalliklaridan — 6,2 fozi (6,9 ming kishi);
  • ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan — 4,2 foiz (5,5 ming kishi);
  • yuqumli va parazitar kasalliklardan — 3,2 foiz (4,3 ming kishi);
  • boshqa kasalliklardan — 15 foiz (11,4 ming kishi).

Shuningdek, 2021 yilning yanvar–sentyabr oylarida 5,8 mingta 1 yoshgacha boʻlgan goʻdaklar oʻlimi qayd etilgan boʻlib, har 1000 nafar tirik tugʻilgan goʻdakka oʻlim koeffitsiyenti 8,9 promilleni tashkil etgan.