Milliy ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi rahbari Komil Allamjonov aholining kambagʻal va qashshoqligida oʻzlari aybdor ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda oʻzining Facebookdagi sahifasida yozib qoldirgan.
Kecha «Expo-2020» ga bordim. Ehhh… yuraklarim siqilib xafa boʻlib keldim. Dunyo shiddatli darajada tezlik bilan oldinga qarab uchyapti.
Biz esa…. ehhh…. uzrku, qanday mayda boʻlsak, shunday maydaligimizcha ivirsib, oʻralashib, bir-birimizning ketimizni kavlab, gʻiybat, igʻvo, hasadlar ichida chang yutib @uyn@y stradat qilib, yashab yuribmiz. Afsus afsus… Kim nima desa desinku lekin buning asl sababi bu ilmsizlik, omilikdandir.
Shu darajaga keltirildik. Ilmsiz jamiyat kambagʻal va qashshoq boʻladi. Ilm boʻlmasa yurt botqoqqa aylanadi. Hamma ishni chetga surib hamma kuchni ilmga tashlash kerak! Kelajagimiz uchun, bolalarimiz uchun yoki ularning bolalari yoki ularning bolalarining bolalari uchun. Qachondir kelishi shart shu kunlar. Men Oʻzbekistonimni eng rivojlangan davlatlar yonida koʻrishni xohlayman.
Men havas qilaman shunday davlat va uning millatiga. Men orzu qilaman shunday kunlar kelishini. Biz bunga arziymiz. Bunga loyiq xalq va millatmiz. Faqat ilm va ilmlilargina buni tezlashtira oladi. Albatta boʻladi. Yoki bugun yoki oʻlganda…