Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Unga ko‘ra, aholi salomatligini taʼminlash hamda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida fuqarolarga yangi 2022 yil bayrami tadbirlarini imkon qadar oila davrasida o‘tkazish tavsiya etildi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr davlatlari hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi yo‘lovchilar o‘n kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.