Energetika vazirligi: «Qodiriya»dagi 2 ta elektr manbasi uzilish holati poytaxtning suvdan vaqtincha uzilishi bilan bogʻliq emas

Ijtimoiy tarmoqlarda «Poytaxt aholisining aksariyat qismini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi ʼQodiriyaʼ suv inshootida elektr taʼminotidagi uzilishlar tufayli ichimlik suvi taʼminoti uzilib qolgan» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Poytaxt aholisini suv bilan taʼminlovchi «Qodiriya» suv inshooti 3 ta bir biriga bogʻliq boʻlmagan elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

Bugun, 3 dekabr kuni ushbu tarmoqlarning 2 tasida 12 daqiqalik oʻchish sodir boʻlgan. Bu vaqtda uchinchi elektr uzatish tarmogʻi orqali «Qodiriya» suv inshooti elektr energiyasi bilan taʼminlangan.

Shunday qilib, elektr energiyasining mazkur qisqa muddatli oʻchishi Toshkent aholisining suv taʼminotida uzilishlariga sabab boʻlmagan.