Ayol universitetning toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universitetining tarix fakulteti binosining toʻrtinchi qavatidan homilador ayol tushib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.


Universitet maʼmuriyati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, haqiqatda bugun soat 14:00 atrofida Andijon davlat universiteti 1000 oʻrinli binosi 4 qavatidan ayol kishi ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.


Holat quyidagicha sodir boʻlgan: bugun, 4 dekabr kuni ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari ota-onalari uchun majlis oʻtkazilgan. Majlis universitetning 1000 oʻrinli binosi 4-qavatida joylashgan kichik majlislar zalida boʻlib oʻtgan. Unda ishtirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yigʻilish boʻlayotgan vaqtda telefon boʻlib qolgani sababli yigʻilishdan chiqib, telefonda suhbatlashgan.


Ayni vaqtda shu qavatda binoning zinalarini yangi, baquvvatrogʻiga alishtirish uchun eskisi olib tashlanib, yangisini oʻrnatilish ishlari amalga oshirilayotgan boʻlgan.


Ayol telefonda suhbatlashish jarayonida qurilish boʻlayotgan hududni anglatuvchi belgi va toʻsuvchi tasmalarga ahamiyat bermasdan zinapoya tomonga yurgan va eʼtiborsizlik oqibatida tushib ketgan. Bunda qurilish-taʼmirlash ishlar olib borilayotgan hudud toʻliq berkitib qoʻyilmaganligi, toʻsiq lentalariga esa eʼtibor bermasligi sabab boʻlgan.
Hodisa yuz bergan vaqtning oʻzidayoq universitetning masʼul xodimlari tomonidan shoshilinch tez yordam chaqirilib, fuqaro respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga universitet maʼmuriyati vakillari hamrohligida olib borilgan va birinchi yordam koʻrsatilgan.


Maʼlum qilinishicha, ayol homilador boʻlmagan.

Vaziyat boʻyicha qoʻshimcha axborot berib borilishi qayd etilgan.