Instagramda Andijon shahrida sportning( bu jang turini sport deb hisoblamayman)MMA yoʻnalishida «Andijon viloyati hokimi» kubogi oʻtkazilayotgani haqida xabar qoʻyilibdi.
Bu chempionat(mushtlashish) Murodov ligasi (MMA jang ustasi Mahmud Murodov tashkillagan shekilli) doirasida oʻtkazilishi nazarda tutilgan.
Tushunmay qoldim. Biz onlayn qimorlarni taʼqiqlamoqchimizmi, yoki uni targʻib qilib, reklama qilmoqchimizmi?
Asosiy tomoshabinlari yoshlar boʻlgan tomoshada onlayn qimorni targʻib qilishda maqsad nima?
Ularni yoppasiga shu oʻyinlarni oʻynashga yoʻnaltirishmi?
Tomonni aniq qilib olaylik, oʻrtoqlar.
Avvalroq(2 yilcha avval) marhum Murod Xontoʻrayev Chilonzorda metro bekati yonida giyohvand moddalar sotayotgan dori sotuvchilarni samasud qilgani haqidagi xabar tarqagandi. Yaʼni koʻcha tilida bunday ishlar «zapadlo» edi. Endi qarashlar, mezonlar oʻzgardimi?
Butun boshli viloyat hokimligi kubogiga homiylikka «1XBet» onlayn qimor platformasidan boshqa hech kim topilmadimi?
Hokimlik ham, Mahmud Murodov ham bu platformani targʻib qilishdan uyalishmadimikan?
Qancha oilani yostigʻi qurishiga vosita, sababchi boʻlayotgan platformani targʻib qilishda maqsad nima?
Yoki bu oʻyin orqasida shunchalik katta, qudratli shaxslar bormiki, uni respublika darajasida targʻib qilishmoqda.
Koʻp MMA jangchilari oʻzlarini taqvodor sifatida koʻrsatishadi.
Nahotki taqvodor insonlarga qimorni reklama qilish noqulaylik tugʻdirmayotgan boʻlsa?
Nahotki dindor boʻlmagan Ronaldo sogʻliq uchun ziyoni boʻlgani sabab pivo reklama boʻlmasligi uchun stol ustida olib qoʻysa ku, oʻzlarini doim dindor koʻrsatgan sportchilar uyalmay onlayn qimor platformasi targʻibotida ishtirok etsalar?
Shuningdek Prezidentni kichik kuyovi, Oʻzbekiston MMA federatsiyasining sobiq prezidenti Otabek Umarovga tegishli ekani aytiladigan «Befit Pro» va «Saber» brendlari ham tadbir homiylaridan biri ekan, «1XBet» onlayn qimor platformasi bilan yonma-yon qoʻyilibdi.
O.Umarov ham oʻzini yaxshi dindor sifatida koʻrsatadi, oʻzini tutishi, atrofdagilarning u haqdagi gaplaridan shunday fikrlash mumkin. Qanday qilib u bunga ruxsat berdi ekan?
Umuman olganda, diniy chegaralardan tashqarida turib qaraganda ham bunday harakatni — viloyat hokimligi tashkillagan, asosan yoshlar tashrifi kutilgan, ijtimoiy tarmoqlar va televideniyeda keng yoritiladigan tadbirda onlayn qimor platformasini targʻib qilishni hech qanaqasiga oqlab boʻlmaydi.
Mahmudov ligasi tijoriy loyiha boʻlsa kerak, ularga savolim yoʻq, agar onlayn qimorga yuqoridagi ayrim uzoqni oʻylamaydigan amaldorlar ruxsat bergan boʻlsa, bu harakatni noqonuniy deb boʻlmaydi.
Lekin Otabek Umarov va Andijon viloyat hokimligi bunga qanday qilib qoʻl urishdi, tushunmadim hech ham.
Umid qilamizki bu holatga viloyat hokimligini biror izohi bor, berishsa, eshitarmiz.