Rossiyaning Ryazan viloyatida oʻzbekistonlik ikki bola suvga choʻkib ketdi. Bu haqda mamlakat Tergov qoʻmitasining Ryazan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, 4 va 7 yoshda boʻlgan bolalar «Dedyuxino» qishlogʻida joylashgan sunʼiy suv havzasining ochiq muziga chiqqan. Kutilmaganda muz yorilib, bolalar choʻkib ketgan.
Maʼlum qilinishicha, marhumlarning ota-onasi bolalarni Oʻzbekistonda dafn etadi.
Holat yuzasidan Rossiya Tergov departamentining Ryazan viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan tekshiruv boshlangan.