“Qoʻyliq” bozori qayerga koʻchiriladi?

“Qoʻyliq” dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga koʻchiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtdagi yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish rejalashtirilmoqda.

“Qoʻyliq” dehqon bozori  va unga tutash boʻlgan ulgurji savdo maydoni joylashgan manzilda yoʻl kengayishi va koʻprik qurilishi ishlari rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan “Qoʻyliq” dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga koʻchiriladi.

Bu boradagi ishlar haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deyiladi xabarda.

Biroq, Bozor qayerga koʻchirilishi rejalashtirilgani haqida biror bir maʼlumot taqdim etilmagan.