Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish hamda “Nurafshon Business City” hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishi bekor qilindi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi bilan viloyat mahalliy byudjetining 2021-yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan, viloyat hokimining 2021-yil noyabr oyidagi farmoyishiga muvofiq ajratilgan 34 milliard 400 million so‘m mablag‘ viloyat mahalliy byudjetiga tiklangan holda — viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini ta’mirlash uchun viloyat «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga o‘tkazib berish maqsadida viloyat hokimligiga 1 milliard 650 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Toshkent viloyati hokimining 2021-yil 3-noyabrdagi 179-10-0-F/21-sonli (Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish hamda Nurafshon Business City hududida zamonaviy kutubxona binosi qurilishi to‘g‘risidagi) farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
Ma’lumot uchun Nurafshonda Zulfiya Zakirova nomiga haykal qurish uchun 28 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan edi.