O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yangi 50 000 (ellik ming) so‘m va 100 000 (yuz ming) so‘mlik kupyuralarni iste’molga chiqardi.
Yangi yuz ming so‘mlik kupyuraning old tarafida Ichan Qal’a tarixiy-me’moriy yodgorligi, ellik ming so‘mlik banknotda esa, Hakim at-Termiziy me’moriy yodgorligi aks ettirilgan.
Har ikki banknotda ham bir necha himya va aniqlash belgilari aks etgan. Jumladan, suv belgisi, ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan kishilar uchun aniqlash belgisi, siljish effetili himoya ipi, bo‘rtma tasvirlar va banknot seriyalari kupyuraga joylashtirilgan.
Avvalroq o‘n ming so‘m va besh ming so‘mlik kupyuralar almashtirilgan edi.
qo‘shimcha tarzda, ikki ming so‘m va yigirma ming so‘mlik banknotlar ham muomalaga chiqarilgandi.
Yangilangan yuz va ellik ming so‘mlik kupyuralarni chiqarish 22-dekabrga mo‘ljallangan edi.
Ammo, texnik xato bo‘lganligi sabab, banknotlar iste’molga chiqarish besh kunga kechikdi.