«Asakabank»ni transformatsiya qilish hamda xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Bunda xorijiy ekspertlarni jalb qinadi.
Bu haqda muhokamaga qoʻyilgan Oʻzbekistonning 2022–2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida soʻz boradi.
Bank tizimini transformatsiya qilishni yakunlash, xususiy banklarning ulushini 2025 yilda jami bank aktivlarining 60 foiziga yetkazish koʻzda tutilgan.
Oʻzbekistonda 60dan ortiq bozor sotilishi mumkin
Shuningdek, «Xalq banki», «Qishloq qurilish bank», «Mikrokreditbank», «Agrobank», «Oʻzmilliybank»ning aksiyalarini 2023 yilga qadar fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish «yoʻl xarita»larini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan.
Bank tizimida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, jumladan:
- Moliyaviy barqarorlik boʻyicha Xalqaro valyuta jamgʻarmasining doimiy ekspertini jalb qilish;
- 2022 yil birinchi yarim yillik natijalari boʻyicha Moliyaviy barqarorlik sharhini chop etish;
- Xalqaro valyuta jamgʻarmasi koʻmagida iqtisodiyotda vujudga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni aniqlash, ularning bank tizimi barqarorligiga taʼsirini baholashga qaratilgan stress-test modellarini ishlab chiqish koʻzda tutilgan.
Bunda, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlarga banklarning bardoshliligini taʼminlash maqsadida makroprudensial buferlar yaratish choralari koʻrib boriladi.