To‘qayev Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib tiklanganini eʼlon qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartibning katta qismi tiklangan, biroq “jangarilar”ga qarshi kurash davom etmoqda. Bu haqda respublika prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha shtab yig‘ilishida maʼlum qildi.
«Qonun va tartibni saqlash kuchlari qattiq ishlamoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida konstitutsiyaviy tartibning katta qismi tiklandi. Mahalliy hokimiyat idoralari vaziyatni nazorat qilmoqda», — deya taʼkidladi mamlakat rahbari.
To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, qurolli shaxslar haligacha Qozog‘iston aholisining mulkiga zarar yetkazmoqda, shuning uchun ularga qarshi oxirigacha kurashish kerak. Xavfsizlik idoralari rahbarlari prezidentga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tinchlikparvar kuchlari respublikaga kelgani haqida hisobot berdi. «Ular vaziyatni hal qilishga yordam bermoqda», — deya taʼkidladi Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati.
Qozog‘istondagi tartibsizliklardan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 91 million dollarni tashkil qilmoqda va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etyapti, shundan 89,8 million dollari Olmaotaga to‘g‘ri keladi. Bu haqda mamlakatdagi “Atameken” tadbirkorlar milliy palatasi maʼlum qildi.