Yurtimizning janubiy hududlarida zilzila kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 10 yanvar, soat 02:41 da zilzila sodir boʻldi.


Epitsentr: Surxandaryo viloyati, Boysun tumani. Zilzila koordinatalari: 38,38 gradus shimoliy kenglik; 67,43 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 355 km janubiy-gʻarbda.


Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:


Oltinsoy tumanida 3 ball, 34 km.
Denov tumanida 3 ball, 35 km.
Boysun tumanida 3 ball, 36 km.
Sariosiyo tumanida 2-3 ball, 50 km.
Qumqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 57 km.
Shoʻrchi tumanida 2 ball, 61 km.
Bandixon tumanida 2 ball, 63 km.
Qamashi tumanida 2 ball, 65 km.
Uzun tumanida 2 ball, 70 km.
Dehqonobod tumanida 2 ball, 71 km.
Shaxrisabz tumanida 2 ball, 71 km.