Avvalroq, xususiy maktablarda ham 24-yanvarga qadar taʼtilni uzaytirish tavsiya etilgani haqida xabar bergan edik.
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining nodavlat taʼlim tashkilotlarida ham qishki taʼtil muddatini 2022-yil 24 yanvarga qadar uzaytirish bo‘yicha taklifi Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan, nodavlat taʼlim tashkilotlarida 2022- yil 24- yanvarga qadar o‘quv jarayoni tashkil qilinmaydi.
Taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular uchun tashkil qilinayotgan onlayn fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlarda faol ishtiroki taʼminlash maqsadga muvofiq, deyiladi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yili uchun belgilangan qishki taʼtil davri OTMlar, shuningdek, umumtaʼlim maktablar uchun ham 24-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.