Taniqli siyosatchi Toʻqayevning hayratlanarli ishlarini sanab oʻtdi

Toʻqayev Putin bilan aytishib, hayratlantirgan edi.

Namoyishlar boshlangach, namoyishchilarga murosa qilib, hukumatni tarqatib yuborib hayratlantirdi.

Toʻqayev Nazarboyev va uni komandasiga qarshi «urush ochib» hayratlantirdi.

Toʻqayev kutilmaganda ODKBni yordamga chaqirib hayratlantirdi.

Toʻqayev kutilmaganda «ODKBni missiyasi tugadi, 10 kun ichida chiqib ketasan!» deb hayratlartirmoqda.

Toʻqayev katta siyosiy islohotlar vaʼdasini berayapdi. Mintaqada haqiqiy demokratiya boshlansa, buni Toʻqayev boshlab beradi.

Bir kam yetmishga kirgan Toʻqayev hokimiyatda uzoq oʻtirishni emas, tarixda yaxshi nom bilan qolishni oʻylayotganga oʻxshaydi.

Toʻqayev hali koʻp hayratlantiradi shekilli. Toʻqayev avtoritar davlatning elitasidan chiqqan boʻlsada, samimiy intellegent odamdek taʼsurot qoldirayapdi.

Kamoliddin Robbimov