Sukut alomati rizo, Allamjonov!

Qozogʻiston… Bu soʻz aytila boshlansa, barchaning xayoliga “ommaviy tartibsizlik” va “KHSHT” soʻzlari keladigan darajada maʼlumotlar eʼlon qilindi.
Ayniqsa, KHSHT sammitidagi tahdid ohangidagi bayonotlar ulkan rezonans keltirib chiqardi.

Xalqaro va mahalliy ekspertlardan tortib, oddiy fuqarolar uchun ham ahmoqona va shubha tugʻdirgan bu bayonot Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning liqildoq stuli ustida yangragani yanada holatni masxaraomuz qilgani ham rost.
Ammo, negadir bu holatga ijtimoiy tarmoq faollarining aksariyati oʻzining munosabati va pozitsiyasini bildirayotgan bir vaqtda Allamjonov nega jim?


Qanday qilib koʻp va katta “baliq tutish”ni oʻrgatadigan odam “miltiqli ov”ni jini suymaydigan koʻrinadi, shekilli. Yoki, bu safar ham boshlariga kelgan ishga qozoq xalqini ayblash uchun yoʻl izlayotganmikan?


Umuman olganda, masʼullar jim turgan vaqtda turli yoʻl va usul bilan bong urgan odamning bugun sukut saqlashi yo “akalar yuzxotiri”dan boʻladi, yo boʻlmasam PRning ham “ortiqchasi ortiqcha” deyishdan. Turli voqea va vaziyatlarga, oddiy holatlarga munosabat bildirib kelgan odamning butun boshli, oʻzi sevishini takror-takror aytib kelayotgan, davlatga nisbatan oshiqcha gap-soʻzlarga sukut saqlashi, baribir, gʻalati boʻlib tuyuladi.


Kim bilsin, janob yana yoshlikni eslab, gumma yeyishni koʻngli tusab qolgandir..