Tashqi qarzlarimizning “barakasini bersin”mi?(tahlil)

2021- yilning 1- yanvariga kelib davlat qarzi 5,5 milliard dollarga ko‘pagan va 23 milliard 300 million dollarni tashkil qilgan. Yil oxirida esa bu ko‘rsatkich qariyb 38 milliard dollarga yetdi.

Davlat tashqi qarzi hozirda eng koʻp munozaralarga sabab boʻlib kelayotgan mavzu va bu toʻgʻri. Zero, qancha qarz olyapmiz, qayerga sarflayapmiz, buning natijasi qanday boʻlyapti, hammasi jamoatchilik nazoratida boʻlishi kerak.Yoʻqsa, bu sohada talon-torojliklar, koʻzboʻyamachiliklar, oʻzlashtirishlar toʻxtamaydi.

Soʻzimiz isbotini keltiradigan boʻlsak, tashqi qarzning oxirgi toʻrt yilda deyarli 3 karraga ortishi turmush darajasini deyarli oshirgani yoʻq.

Rasmiy maʼlumotlarga ishoniladigan boʻlsa, 2018 – yilda davlat qarzi 11,5 milliard dollar edi. Buning 7,5 milliardi davlat tashqi qarzi. 4 milliard dollari davlat ichki qarzi.

2019 – yilda davlat qarzi 14 milliard 700 million dollar. Buning 9 milliard 900 million dollari tashqi qarz, 4 milliard 800 million dollari davlatning ichki qarzi.

2019 – yilda davlat qarzi 14 milliard 700 million dollar. Buning 9 milliard 900 million dollari tashqi qarz, 4 milliard 800 million dollari davlatning ichki qarzi.

2020 – yilning 1 – yanvarida davlat qarzi 17 milliard 800 million dollarni tashkil qilgan. Buning 15 milliard 700 ming dollari davlat tashqi qarzi va 2 milliard 200 million dollari ichki qarz boʻlgan.

2021 – yilning 1 – yanvariga kelib davlat qarzi 5,5 milliard dollarga koʻpagan va 23 milliard 300 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2018, 2019 va 2020 – yillardagi qarzlardan koʻproqdir.

Moliya vazirligi taqdim etgan hisobot tahlil qilinadigan boʻlsa, aniq boʻladiki, 2019 – yilda davlat qarzi 2018 ga nisbatan 3 milliard 200 ming dollarga, 2020 – yilda 2019 ga nisbatan 3 milliard 100 million dollarga, 2021 – yilning 1 – yanvariga nisbatan 2020 – yildagiga koʻra 5,5 milliardga koʻproq.
2021-yilda esa bu koʻrsatkich qariyb 38 milliard dollarga yetdi.

Jon boshiga YAIM ayni damda 2016-yil koʻrsatkichidan pastroq.Tashqi qarzning oshishi YAIM hajmining oshishiga ham xizmat qilmadi. Qoida tariqasida, tashqi qarz oshishi YAIM oshishi surʼati yuqoriligi evaziga nisbiy afzallik yaratishiga umid qilinadi.

Odatda davlat qarzi va uning dinamikasiga baho berilganda qarzning yalpi ichki maxsulotga (YAIM) nisbati oʻganiladi. Ushbu koʻrsatkichning eng yuqori chegarasi Maastrixt (1992-yil 7-fevralda Niderlandiyaning Maastrixt shahrida imzolangan) kelishuv mezonlariga koʻra 60 foiz, Xalqaro valyuta fondi va Yevropa ittifoqining koʻrsatmalariga muvofiq 50 foizdan ortmasligi tavsiya qilinadi.

Agar dunyodagi tashqi qarz geografiyasiga nazar tashlansa, davlat qarzining nisbiy va absolyut qiymatlariga koʻra eng yuqori daraja – AQSH, Yaponiya, va Yevropa ittifoqi(YEI) mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Ushbu mamlakatlarning aksariyatida mamlkat tashqi qarzining YAIMga nisbatan 60 foizlik “qizil chiziq”dan allaqachon oshib boʻlgan, ayrimlarida esa 100 foizdan ham ortiqligini kuzatish mumkin.

Yurtimizda esa davlat qarzining soʻnggi yillardagi oʻsishi dinamikasiga qaramay, xalqaro meʼyorlarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi (YAIMga nisbatan – 40,4 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YAIMga nisbatan – 36,5 foiz) moʻtadil darajada saqlanib qolmoqda.

Tashqi qarzni har qancha taraqqiyot uchun zarurat deb hisoblamaylik, biroq qarzlar hajmining tez surʼatda oʻsishi iqtisodiyotga katta xavf tugʻdiradi.

Kunda kunora xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda ham talaygina muammolar mavjudligi haqida eshitamiz.

Ayrim loyihalar yillab kechiktirilgan, shuningdek, loyihada koʻzda tutilgan maqsadlar doimiy oʻzgartirilgan yoki sifatsiz asbob-uskuna va jihozlar qimmat narxlarda sotib olingan.
Hatto baʼzi loyihalarning samaradorlik koʻrsatkichlari oʻta past darajada hamda mablagʻlar talon-toroj qilingan…

Afsuski, koʻpchilik tashqi qarz degan tushunchaga eʼtibor bermaydi, lekin u ortgan sari mamlakat ichida tovar va xizmatlar narxi ortib boraveradi, yangidan yangi jarimalar, penyalar paydo boʻlaveradi, soliq turlari ham koʻpayib boraveradi, har xil cheklovlar yuzaga kelishni boshlaydi. Ishsizlik ham boʻyin choʻzib boraveradi.

Jamgʻarilgan tashqi qarz, iqtisodiy oʻsish va farovonlikka emas, samarasiz va davlat nazorati ostidagi iqtisodiyot mundarijasi sharoitida faqat turli koʻrishdagi oʻzlashtirishlarga va kapitalni chetga olib chiqib ketishga xizmat qildi xolos. Oʻzi samarasiz va raqobatga yaroqsiz iqtisodiyotimiz yanada ojizlandi. Aytgancha, 2022-yilda 11 trln tashqi qarz olish rejalashtirilyapti. 

Shahruza Sattorova