Ijtimoiy tarmoqlarda qishki taʼtil kunlari 2022-yil 1-martga qadar uzaytirilgani bo‘yicha tarqalayotgan xabar asossiz maʼlumot ekanligi haqida izoh bermoqda Xalq Taʼlim Vazirligi.
«Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishki taʼtil 1-martga qadar uzaytirilganligi haqidagi xabar yolg‘on ekanligini maʼlum qilamiz«, deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 24-yanvarga qadar moliyaviy mustaqillikka erishgan hamda kredit-modul tizimiga o‘tgan barcha OTMlar rahbariyati va professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar olib borilishi sababli taʼtil muddati OTMlarda uzaytirilgan edi.
Shuningdek, Xalq taʼlimi tizimidagi direktor, direktorning o‘quv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda pedagog-o‘qituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quvchi — yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida Xalq Taʼlimi Vazirligi qishki taʼtil kunlarini 2022 yil 24-yanvarga qadar uzaytirgan.