Jirinovskiy: Nazarboyev allaqachon vafot etgan

RLDP raisi Vladimir Jirinovskiy Elboshi Nursulton Nazarboyev katta ehtimol bilan allaqachon vafot etganini taxmin qildi.

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy “Komsomolskaya pravda” radiosiga Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev katta ehtimol bilan allaqachon vafot etganini aytdi.”Menimcha, u ancha oldin vafot etgan. Musulmonlar bir kunda dafn qilishadi. Odam bu qadar jim “yashirinib”, hech narsa demasdan tirik qolishi mumkin emas. Qolaversa, davlat xavfsizlik qoʻmitasi raisi ham darhol hibsga olindi”, – dedi Jirinovskiy.