Kecha yurtimizda 930 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
2022 yil 17 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 207057 (+935) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
– 30 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
–23 nafari Andijon viloyatida,
– 28 nafari Buxoro viloyatida,
– 32 nafari Jizzax viloyatida,
– 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
– 9 nafari Navoiy viloyatida,
– 39 nafari Namangan viloyatida,
– 57 nafari Samarqand viloyatida,
– 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
– 16 nafari Surxondaryo viloyatida,
–26 nafari Farg‘ona viloyatida,
– 33 nafari Xorazm viloyatida,
– 134 nafari Toshkent viloyatida,
–466 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 38 nafar,
• Andijon viloyatida 36 nafar,
• Buxoro viloyatida 10 nafar,
• Jizzax viloyatida 29 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
• Navoiy viloyatida 4 nafar,
• Namangan viloyatida 27 nafar,
• Samarqand viloyatida 52 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 21 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 11 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 39 nafar,
• Xorazm viloyatida 20 nafar,
• Toshkent viloyatida 182 nafar,
• Toshkent shahrida 197 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 199872 (+679) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1522 nafarni tashkil qildi.