SSV: Kasallanishlar soni biroz pasaydi

Kasallanishlar biroz pasaydi: kecha yurtimizda qariyb 1300 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

2022 yil 23 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 215063 (+1296) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
63 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
55 nafari Andijon viloyatida,
70 nafari Buxoro viloyatida,
41 nafari Jizzax viloyatida,
30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
20 nafari Navoiy viloyatida,
57 nafari Namangan viloyatida,
35 nafari Samarqand viloyatida,
23 nafari Sirdaryo viloyatida,
41 nafari Surxondaryo viloyatida,
178 nafari Farg‘ona viloyatida,
38 nafari Xorazm viloyatida,
152 nafari Toshkent viloyatida,
493 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 52 nafar,
Andijon viloyatida 39 nafar,
Buxoro viloyatida 42 nafar,
Jizzax viloyatida 60 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 28 nafar,
Navoiy viloyatida 25 nafar, Namangan viloyatida 66 nafar, Samarqand viloyatida 31 nafar,
Sirdaryo viloyatida 26 nafar,
Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
Farg‘ona viloyatida 90 nafar,
Xorazm viloyatida 81 nafar,
Toshkent viloyatida 170 nafar,
Toshkent shahrida 212 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 204217 (+942) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1542 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 172 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Ta’kidlash kerakki, mamlakatda ketma-ket besh kundan buyon kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilayotgandi — 18 yanvar 1214 kishida, 19 yanvarda 1307 kishida, 20 yanvar kuni 1321 kishida, 21 yanvar kuni 1390 kishida, 22 yanvar kuni esa 1478 kishida COVID-19 tasdiqlangandi.