Ekstremistik kanal va sahifalarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi

Inson zoti bilish uchun kuchli maylga ega. Ba’zan bu mayl uni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirib, xatolar so‘qmog‘iga boshlaydi. Har kimning tanlovi o‘z ixtiyorida, albatta. Ammo, ayrim adashishlar butun bir millat fojiasiga aylanishi ham mumkin ba’zan.

Oliy Sud hal qiluv qarori bilan ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalar va kanallar ekstremistik deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 24 dekabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan bir qator materiallar ekstremistik materiallar deb topildi hamda ushbu materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish, namoyish etish hamda saqlash “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq taqiqlandi.

Mazkur qonunning 14-moddasiga ko‘ra esa, ta’qiqlangan kanal va ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxati Adliya vazirligining veb-sahifasi hamda Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilgan.

Mavzuga oid:

Xizb ut-Tahrir» diniy ekstremik tashkilot faoliyati to‘xtatildi

https://ogoh.uz/21016/