Elektr taʼminoti tiklangan hududlar roʻyhati maʼlum qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
(2022 yil 26 yanvar, soat 04:00 holatiga)
- Qorakalpogʻiston Respublikasi — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan;
- Andijon viloyati — Andijon shahar 70%, Xonabod 100%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 10% elektr taʼminoti mavjud.
- Buxoro viloyati — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan;
- Jizzax viloyati — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan;
- Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5%, Gʻuzor tumani 70% ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr taʼminotiga ulangan;
- Navoiy viloyati — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan;
- Namangan viloyati — Barcha tuman va shaharlarda 70% elektr taʼminoti mavjud;
- Samarqand viloyati — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan;
- Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100%, Termiz shahri 100%, Termiz tuman 70%, Sherobod tumani 15%, Oltinsoy tumani 70%, Shoʻrchi, Boysun, Qumqoʻrgʻon tumanlari 10%, Angor, Mizrobod, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 5% elektr taʼminoti mavjud;
- Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 100%, Yangiyer 100%, Shirin shahri 100%, Boyovut 100%, Sayxunobod tumani 60%, Guliston tumani 100%, Mirzaobod tumani 100%, Xovos tumani 100%, Oqoltin tumani 100%, Sardoba tumani 100%, Sirdaryo tumanida 40% elektr taʼminoti mavjud;
- Toshkent viloyati — Angren shahar 95%, Bekobod shahar 100%, Narafshon shahar 40%, Olmaliq shahar 100%, Chirchiq 80%, Ohangaron shahar 100%, Boʻka tumani 40%, Boʻstonlik tumani 95%, Zangiota tumani 40%, Qibray tumani 95%, Ohangaron tumani 80%, Parkent tumani 80%, Toshkent tumani 80%, Quyi Chirchiq 50%, Oʻrta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 60%, Chinoz 70%, Yangiyoʻl tumanida 5% elektr taʼminoti mavjud;
- Fargʻona viloyati — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan;
- Xorazm viloyati — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan;
- Toshkent shahri — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan.