Toʻqayevdan vaʼda: «Prezidentlik muddati oʻzgarmaydi»

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev oʻz faoliyatini amaldagi qonunga muvofiq davom ettirishga vaʼda berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, oʻzi prezidentlik qilayotgan muddatda hokimiyatni saqlab qolish uchun qonunlarga oʻzgartirish kiritmaydi.


«Prezidentlik lavozimida yana qancha fursat qolishimni bilmayman. Ammo, shuni aniq ayta olamanki, Konstitutsiyaga koʻra, ikki muddatdan oshmaydi. Bu degani, qonunlar, hatto konstitutsiya ham qayta ishlanmaydi», – degan Toʻqayev.
Shuningdek, Qozogʻiston prezidenti «Yanvar voqealari» boʻyicha xalqaro tergovga ham zarurat yoʻqligini, barchasini oʻzlari eplay olishi va hammasi joyida ekanini maʼlum qilgan.


Oldinroq Nursulton Nazarboyev hukmron «Nur-Otan» partiyasi raisligini ham Qosim-Joʻmart Toʻqayevga oʻtkazgan edi.

Mavzuga oid: