1-4 fevral kunlari respublika hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 2 fevral kuni janub viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Joylarga tuman tushadi.
Hafta o‘rtalariga qadar havo harorati kechalari, +0 +5 daraja iliq, ayrim hududlarda -2 daraja, shimolda -4 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari hududlarda +12 darajagacha iliq harorat, juma kuni havo bosimining pasayish fonida haroratning biroz ko‘tarilishi prognoz qilingan.
Xabarda aytilishicha, juma kuni janub viloyatlarida havo harorati maksimumlari +17 darajaga ko‘tariladi. Juma kuni hududlarda kuchli shamollar esishi mumkin.
Kelayotgan dam olish kunlari janubi-g‘arbdan kirib kelishikutilayotgan nam havo oqimlari ortidan, yana ko‘p hududlarda yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘inlar bo‘lishi oydinlashmoqda.