«Kinoteatr»da ham «18+ seans» namoyish etildi

Yaqin kunlarda xususiy telekanallar orqali efirga uzatilgan seriallardagi ochiq sahnalar namoyishi va ularga nisbatan Saida Mirziyoyevaning tanqidi keng muhokamalarga sabab bo’lgan edi.

Mazkur tanqid va muhokamalar ortidan boshlangan shovqin aks-sadosi o’laroq, «Sevimli» telekanali bosh muharriri va bosh direktori ishdan olindi, kanal ta’sischilari va serial mualliflari orasida katta miqdorda manfaatlar to’qnashuvi aniqlandi va nihoyat, ushbu ishga aloqador deyilgan mediamagnat Firdavs Abduxoliqov O’zEOAVMA raisi lavozimidan ketdi.

Ammo, voqealar rivoji shu bilan uzilib qolgani yo’q — bu safar davlat telekanalida 18+ namoyish «efirga ketib qolgan».

O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida bo’lgan «Kinoteatr» telekanalining 31 fevral soat 22:00 ga mo’ljallangan efiridagi «Baunti» filmida ochiq sahnalar namoyish etilgan.

AOKA tomonidan ayni damda dastlabki o’rganish ishlari olib borilayotgan ushbu holat hali birining «qoni qotmay turib» yuz berganini texnik xatolikdan ko’ra, ishga mas’uliyatsizlik bilan yondashish deyish to’g’riroq bo’ladi, aslida.

Hozirda davom etayotgan o’rganish ishlari yuzasidan tayyorlanadigan xulosa ga ko’ra » Kinoteatr» telekanaliga taqdimnoma hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga huquqiy baho berish uchun ma’lumot kiritiladi.

Qonuniy chora, albatta, jamoatchilik nazorati uyg’oq joyda ko’riladi. Bunga shak-shubha yo’q. Ammo, o’xshash holatlar qachongacha davom etar ekan? Kuni bo’yi ishdan charchab keladigan odamning bir oz madaniy hordiq uchun televizor qo’yishi bilan o’xshash sahnalarga duch kelsa, hordiq qayerga yo’qolar ekan keyin?!

E’tiborliroq bo’laylik, mas’ullar!

Mavzuga oid: