“Kinoteatr”da namoyish etilgan “18+ seans” boʻyicha tekshiruv natijasi eʼlon qilindi

“Baunti” filmidagi ochiq sahnalar namoyish qilinishi ortidan telekanal Efirga tayyorlash guruhi masʼuli ishdan boʻshatildi, telekanal mutasaddi rahbari “hayfsan” jazosi oldi. Bu haqda AOKA xabar berdi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Kinoteatr” telekanalida efirga uzatilgan “Baunti” filmidagi ochiq sahnalar yuzasidan ekspertlar jalb qilingan holda oʻrganish olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

  1. “Kinoteatr” telekanali Efirga tayyorlash guruhi masʼuli A. A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi;
  2. Telekanal mutasaddi rahbari N.B.ga “hayfsan” jazosi qoʻllanildi.

Telekanal Badiiy kengashi tomonidan teledasturlar saviyasi ekspertlar ishtirokida atroflicha va tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tashkiliy, ijodiy-texnik chora-tadbirlar belgilandi, deyiladi xabarda.