CCV: Avia hamda poyezd chiptalarida 50 foiz miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinadi

Oliy taʼlim muassasalari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari talabalari hamda oʻquvchilari uchun avia hamda poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinadi.

Bunda, Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taʼlim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari tomonidan avia hamda poyezd chiptalari xarid qilinishini tartibli ravishda talabalar va ularning ota-onalari uchun tashkil etadi.

Yuqoridagi vazirlik va idoralarda doimiy ishlaydigan Shtablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Umuman, hech bir oʻquvchi va talaba chiptasiz qolmaydi.

Shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasining “Omikron” shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan muloqotda boʻlgan shaxslarning karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartiriladi.