Toshkent shahrida rashk sabab eriga ogʻir tan jarohati yetkazgan ayolga jinoyat ishi qo’zg’atildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo’lishicha, joriy yilning 2 fevral kuni soat 20:00 larda Yangihayot tumani “Fayzli” MFYda yashovchi 50 yoshli N.V. va uning birga yashovchi norasmiy xotini 36 yoshli V.Ye.,lar mast holatda bo‘la turib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida V.E. xonadonda bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan N.V,ning ko‘krak qafasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada N.V. olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilib, RSHTYOIMtomonidan berilgan birlamchi maʼlumotnomaga ko‘ra, N.V.,da “ko‘krak qafasida kesib sanchilgan jarohati, mastlik holati” mavjudligi va hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati ekanligiko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan
Yangihayot tumani IIO FM huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan V.Ye.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, shu kuni gumonlanuvchining uyiga uning qo‘shnisi 42 yoshli S.O. mehmonga kelib, birgalashib spirtli ichimlik isteʼmol qilgan vaqtida jabrlanuvchi qo‘shni ayolni quchoqlaganligidan V.E. rashki kelib, bir-birlari bilan janjallashib ketishib, natijada yuqoridagi holat vujudga kelganligi maʼlum bo‘ldi.
Tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan,- deyiladi xabarda.