Qashqadaryoda hokim oʻrinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryo viloyatida tuman hokimi oʻrinbosarlaridan biri 50 000 dollar pora bilan ushlangan. Qoʻlga tushgan oʻrinbosar Mirishkor tumani hokimligida ishlashi aytilmoqda.

“Haqiqatdan ham viloyatimizdagi bir tuman hokimining oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushgan. Bu boʻyicha tegishli organlar tez orada toʻliq axborotni maʼlum qiladi”,- deya yozdi viloyat hokimligi axborot xizmati.

Hozircha voqea yuzasidan batafsil maʼlumot berilmadi.