»…faqat o‘zini o‘ylaydigan, tez boyishni o‘ylaydigan jamoa yig‘ilganmi hokimlikda?»

Avvalroq, Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun Qashqadaryo viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Murodjon Azimov viloyatda korrupsiyaga qarshi kurash boshlanganini maʼlum qildi.

– Endi ishxonamiz shaʼni deb yashirib o‘tirishni yig‘ishtiradi hamma tashkilotlar. Tashkilot yoki hokimlik shaʼnini emas, davlatimiz shaʼni va rivojlanishi o‘ylasak, yaxshi bo‘lar edi, dedi viloyat hokimi.

Shuningdek, Mirishkor tumani hokimining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev yer masalalari hokimlikdan ketgan bo‘lsa-da, fuqaroning ishonchiga kirib, 80 000 AQSH dollarining 50 000ni olayotganda qo‘lga tushganligini aytib, bu ishda tuman hokimini ham oqlamasligini, ijtimoy tarmoqlarda chiqayotgan «baliq boshidan» degan gaplarda jon borli haqida fikr yuritgan.

– Mirishkorga borganimda nuroniylar yo‘limga chiqib, tuman markaziga ichimlik suvi olib keling, degandi. Shu ishlar bilan shug‘illanmasdan faqat o‘zini o‘ylaydigan, tez boyishni o‘ylaydigan jamoa yig‘ilganmi hokimlikda?

Prezidentimiz bot-bot «afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi», deya taʼkidlaydilar. Prezidentimiz topshiriqlarini ijrosi bajarmagan, eʼtiborsiz qaragan har qanday rahbar vazifasidan ozod etiladi, degan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi.