Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori avariyada vafot etdi.
4 ferval kuni Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori Muzaffar Xolmirzayev o‘zining «Lasetti» avtomobilida yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat soliq boshqarmasi xabar berdi.
«Voqea haqida xabar topgach, darhol boshqarma rahbariyati va bo‘limdagi xodimlar dastlab voqea joyiga, undan so‘ng esa Respublika shoshilinch tibbiyot ilmiy markazi Farg‘ona filialiga yetib bordi. Baxtsiz hodisaga uchragan xodimning yonida bo‘lib, imkon qadar yordam ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.
Tibbiyot xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko‘rilgan choralarga qaramay soliq inspektori vafot etgan.