Farg’onadagi tuman hokimi Toshent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga o’rinbosar bo’ldi

Toshkent viloyatida viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’ruza qilayotgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ish boshlaganini ma’lum qildi.

Ushbu lavozimga shu vaqtga qadar Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Niyozov Xolmirza O‘zganovich tayinlandi.