Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimi o’zgardi, o’rniga kim keldi?

Хalq deputatlari Oqo‘rg‘on tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Alisher Karimjonov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, A. Karimjonov 1983 yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.

Mahalliy hokimlik tizimlarida, moliya va statistika sohalarida samarali mehnat qilgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Quyi Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.