Toshkent shahri va respublikaning Toshkent shahri bilan bitta geografik kenglikda joylashgan hududlarida 10 fevral kuni magnit bo‘roni kuzatiladi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida 10 fevral kuni G2 darajali kuchga ega 4 balli magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Oxirgi kunlarda Yerning shimoliy yarim sharida bo‘ronlar faolligi sezilarli kuzatilmoqda.
«SpaceX» sun’iy yo‘ldoshlari ham davomli bo‘ron kuchlarida o‘z yo‘nalishini yo‘qotib, yaroqsiz holatga kelib qolgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Magnit bo‘ronlarining yuqori xavfli darajasi nafaqat inson salomatligi, uning kundalik ish faoliyatiga, balki aloqa tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. «Darvoqe, ayni payt respublika aholisining aksariyatida bosh orqa qismida karaxtlik kuzatilmoqda. Bu bevosita magnit bo‘ronlari aks ta’sirida yuz bermoqda», — degan u.
Bo‘ron ob-havo o‘zgarishlariga ta’sirchan, qon-bosimi, nerv-asab kasalliklariga ega kishilarga yaqqol sezilgan. Aytilishicha, bo‘ron yuqori faolligi kun davomida kutilayotgani uchun uning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida baliq va ko‘kat mahsulotlarini iste’mol qilish tavsiya etiladi.