Mudofaa vazirining tegishli buyrugʻi bilan polkovnik Yuldashev Otabek Alimovich mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlikning rasmiy kanalida ma’lum qilindi.
Shuningdek, polkovnik Zulfiqorov Bahrom Biloliddinovich boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimdan ozod etildi, deyiladi xabarda.