Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, qor ko‘chkisi 12-fevral soat 08:00 dan 13-fevral soat 08:00 gacha kuzatilishi mumkin.
“Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz” – deb ta’kidlagan vazirlik rasmiy xabarda.