Sergeli tumanidagi yuk avtomobillari do’koni yonib ketdi

Bugun, 18 fevral kuni soat 03:30 da Toshkent shahar Sergeli tumani «Bunyotobod» MFY «Yangi Sergeli» ko‘chasida joylashgan yuk avtomobillari va ehtiyot qismlarini sotish do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 03:36 da yetib borib, yong‘in soat 03:58 da qurshab olingan va soat 04:10 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida do‘konning 900 kv.m maydonda ichki shift qismi va tashqi alyukobond qoplamasi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda