Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlariga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qator ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo ob’yektlari bilan tanishish, mahalla faollari bilan muloqot qilish hamda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan,- deyiladi xabarda.