Namangandagi xonadonlardan biri yonib ketdi

Namangan shahrida joylashgan chevarxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVV ma’lumot berdi.

2021 yilning 1mart kuni soat 14-46da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Namangan shaxar Ozod Maxalla fuqarolar yig‘ini Fidokor ko‘chasi 1-berk 2-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Kelib tushgan ma’lumotga asosan soat 14-52da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va soat 14-54da yong‘in joyi o‘rab olingan.
Yong‘in natijasida chevarxona binosini shift va ichki qismidan 40 kv.metr joyi hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Yong‘inda fuqarolarni kuyib tan jaroxati olish hamda xalok bo‘lish xolatlari kuzatilmagan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng, xonadonni yong‘inga qarshi xolati o‘rganilganda, tabiiy gazni rezina shlang orqali hamda isitish maqsadida qo‘lda yasalgan nostandart tunuka pechkadan foydalanayotganligi aniqlangan.