Xitoyning Shanxay shahrida sichqonlar supermarketdan 2000 Xitoy yuanini o‘g‘irladi. Kemiruvchilar pullarni teshikka sudrab ketgan, deb yozadi South China Morning Post nashri.
Do‘kon xodimlari polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘irlik haqida xabar berishgan. Qo‘ng‘iroq joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelib, voqea joyini ko‘zdan kechirgan. Ulardan biri devor burchagidagi teshikni payqab, ichkariga qaragan.
Kemiruvchilar o‘z uylarini isitish maqsadida, banknotalarni tashib kelib, ularni maydalashgan.