Dengiz o‘rtasida qolib ketgan 100 kishining taqdiri nima bo‘lgan?

Bu dahshatli voqea haqida hech kim bilmas edi. Birinchi jahon urushi paytida 100 dan ortiq odam uzoq orolda unutib qoldirilgan.

Qaroqchilarning kashfiyoti

Uch asr muqaddam ushbu orolni qaroqchi topdi va uning nomi bilan bu joy Klipperton deya atala boshladi. Biroz vaqt o‘tgach, u qayta kashf etildi. Bu safar fransuzlar tomonidan unga «daxshatlar oroli» nomi berildi.

Deyarli 200 yil davomida Fransiya va Amerika unga kim egalik qilishi haqida bahslashdi. Mojaroning sababi fosfat va nitrat konlari edi. Agar orol Meksika tomonidan qo‘lga olinmaganida, mojaro qancha davom etishi noma’lum edi, chunki Klipperton Meksika suvlari hududida joylashgan edi.

Orolning joylashishi

Tez orada Klippertonda mayoq qurildi. Fosfat qazib olish boshlandi, odamlar doimiy ravishda yashadilar.

1914 yilda Ramon Arno orolning qo‘mondoni, Viktorano Alvares esa rasmiy mayoq qo‘riqchisi bo‘lgan. Umumiy aholi soni yuzga yaqin edi. Ular askarlar, ularning turmush o‘rtoqlari va bolalari edi.

Orolda tuproq nihoyatda kam va ekinlarni etishtirish juda muammoli edi. Hech bo‘lmaganda hammani ovqatlantirish uchun etardi. Ular baliq yoki boshqa dengiz mahsulotlarini ushlay olmasdilar, chunki orol yaqinida faqat akulalar aylanib yurardi. Klipperton aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun har bir necha oyda bir kema orqali Akapulkodan barcha kerakli narsalar olib kelingan.

Hukumat xalqni qanday unutdi?

O‘sha yillarda Meksikada fuqarolar urushi boshlandi. Dahshatli voqea yuz berdi — ular qo‘lga olingan oroldagi odamlarni unutishdi. Ular halok bo‘lishga mahkum edilar.

1914-yil qishda siklon ko‘chmanchilarning arzimagan sabzavot bog‘larini vayron qildi. Ular mollyuskalar, kichik amfibiyalar, mahalliy qushlarning tuxumlari bilan oziqlangan. Orol aholisi zangila(milk kasalligi) va ochlikdan o‘la boshladi.

Bir necha kishi sol yasadi. Ular yordam so‘ramoqchi bo‘lishdi, lekin qurilgan kema qoyalarga urilib, undagi hamma halok bo‘ldi.

Uch yil o‘tgach, erkaklardan faqat mayoq qo‘riqchisi, shuningdek, 15 ayol va bolalar tirik qoldi. Bu vaqtga kelib, ko‘chmanchilar aqldan ozishgan va ulardan ko‘ra eng ko‘p Alvares o‘zini Klipperton qiroli deb tasavvur qila boshlagandi. Itoatsizlik uchun u orol aholisini qattiq jazolagan. Oxir-oqibat, u o‘ldirilgan.

Faqat 1917 yil iyul oyida ingliz harbiy kemasi unutilgan joyga kelib to‘xtadi. Jamoa a’zolari orolda 11 kishini topdilar, ularning barchasi aqldan ozgan. Odamlar charchagan va nima bo‘layotganini zo‘rg‘a tushunishgan.

Ularni bortga qo‘yishdi va meksikalik Salina Kruzga olib ketishdi. 1959-yilda Passion oroli Fransiya tarkibiga kirdi. Orolda omon qolganlarning barchasiga Fransiya fuqaroligi taklif qilingan, ammo ular qat’iyan rad etishgan.