Putin Ukrainadagi maxsus operasiya chog‘ida halok bo‘lganlar uchun bir daqiqalik sukut e’lon qildi

Putin Ukrainada halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning oilalariga 5 million rubl miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilashni topshirdi. Shuningdek, Ukrainadagi Rossiya Federasiyasining yarador harbiylariga 3 million rubl miqdorida qo‘shimcha to‘lov o‘rnatish haqida ko‘rsatma berdi.

Ukraina qurolli kuchlari Xarkov vokzalida 3000 dan ortiq Hindiston fuqarosini garovga oldi — Putin.

Bizning harbiylarimiz istisnosiz barcha to‘qnashuv hududlarida koridorlarni taqdim etishdi — Putin.

Ukrainada xorijlik yollanma askarlar bor, jumladan, Yaqin Sharqdan kelganlar — Putin.

Putinning aytishicha, Ukrainadagi maxsus operasiya davomida belgilangan barcha vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda.