Ijtimoiy tarmoqlarda qishloqliklar sinib, o‘tish uchun xavfli ko‘rinishga kelib qolgan ko‘prik tufayli yuzaga kelgan muammolarni gapirib bergandi.
«Changak mahallasi Qorako‘z qishlog‘ida joylashgan osma ko‘prik ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sababli mahalliy aholi ushbu ko‘prikdan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda edi.
Tuman hokimligi ushbu holatlarni inobatga olib osma ko‘prikni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratdi. Hozirda osma ko‘prikda loyiha qiymati 50 million so‘mlik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimi va prokurori ushbu ko‘prikda olib borilgan ishlar bilan tanishdi. Quruvchilarga osma ko‘prikda aholi foydalanishi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi» ,- deb yozadi Qamashi tumani hokimligi axborot xizmati.