Rossiya O‘zbekistonga parvozlarni bekor qildi, vatandoshlarimiz chipta narxi oshganidan norozi

«Smartavia» aviakompaniyasi tomonidan 2022 yil 7 mart kuniga rejalashtirilgan Moskva – Urganch – Moskva yo‘nalishidagi parvoz bajarilmasligi yuzasidan aviakompaniya tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

Rossiyaning «Smartavia» va «I FLY» aviakompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun taqdim qilingan so‘rovnomalariga «O‘zaviasiya» agentligi tomonidan ruxsatnomalar oldindan rasmiylashtirilgan edi.

Shuningdek, «I FLY» aviakompaniyasi esa 2022 yil 5 martdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasiga bajarilishi kutilayotgan hamda barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlarda o‘z parvozlarini noma’lum muddatga to‘xtatganligi xaqida rasmiy ma’lumotni O‘zbekiston aviasiya ma’muriyatiga taqdim etdi.

Bu kabi holatlardan keyin O‘zbekiston havo yo‘llari yo Qanot Sharq reyslariga bilet olishga urinayotgan fuqarolar narxlar judayam oshib ketganidan shikoyat qilmoqda.

Maьlumotlarga qaraganda bugun, erta va indinga Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga onlayn sotuvda bilet qolmagan.

Lekin 9 martdan 12 martgacha 3,5-4,1 mln.so‘mdan, 13 martdan 15 martgacha 2,3 mln.so‘mdan. 16-22 mart kunlariga 1,9 mln.so‘mdan, 23-25 mart sanalariga 1.6 mln.so‘mdan, 26-31 mart sanalariga 1,5 mln.so‘mdan aviachipta xarid qilish mumkin (ayni soat holatiga).