Buyuk Britaniya Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytiradi

Buyuk Britaniya Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytiradi. Bu haqda Interfaks xabar berdi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainadagi voqealar munosabati bilan Moskvaga bosimni kuchaytirish maqsadida reja ishlab chiqdi. U kelasi hafta qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlarda yetakchilarni ushbu rejani amalga oshirishga jalb qilmoqchi.

Bosh vazir ofisiga ko‘ra, Moskva Ukrainaga qarshi harakatlarida “muvaffaqiyasizlikka uchrashi va bu yaqqol ko‘rinib turishi kerak”, buning uchun esa Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarur.

“Qoidalarga asoslangan xalqaro nizomni qo‘llab-quvvatlashimizni bildirishning o‘zi kifoya emas, biz bu nizomni qoidalarni harbiy kuch yordamida qayta yozishga bo‘layotgan muntazam urinishlardan himoyalashimiz lozim”, —  dedi Jonson bayonotida.

U 7-mart kuni bu masalani Kanada va Niderlandiya rahbarlari bilan, 8 — mart kuni esa Chexiya, Vengriya, Polsha va Slovakiya rahbarlari bilan muhokama qilish niyatida.

Jonson uchrashuvlarda o‘zining olti bandlik rejasini e’lon qilmoqchi:

— Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro koalisiya tuzish;

— Ukrainaning o‘zini mudofaa qilish salohiyatini qo‘llab-quvvatlash;

— Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish;

— Rossiyaning Ukrainadagi faoliyati salbiy normallashishiga yo‘l qo‘ymaslik;

— Yevroatlantika mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash;

— Deyeskalasiyani yo‘qotish uchun Kiyevning to‘liq ishtirokidagi diplomatik yo‘llardan foydalanish.

Rejada Gʻarb ittifoqchilarining Ukrainadagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etishi nazarda tutilmagan.